Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Estoniyada O‘zbekistonning ilk elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
30.10.2020 11:26,  
209

29 oktabr kuni mamlakatimizning Latviyadagi elchisi Qadamboy Sultonov Riga shahrida joylashgan qarorgohida O‘zbekiston Respublikasining Estoniyadagi birinchi favqulodda va muxtor elchisi sifatida ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar beradi Dunyo axborot agentligi.

Estoniya Prezidenti Kersti Kalyulaydga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi davlat rahbarining "Kadriorg" saroyida bo‘lib o‘tdi. Protokolga muvofiq saroyga kiraverishda O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i ko‘tarildi, harbiy orkestr mamlakatimiz madhiyasini kuyladi va elchi Estoniya rahbarining faxriy mehmonlari kitobiga yozuv qoldirdi.

Rasmiy marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan qisqa suhbat chog‘ida Prezident Kersti Kalyulayd birinchi marotaba O‘zbekistonning Estoniyadagi elchisini tayinlashi bilan O‘zbekiston-Estoniya hamkorligi darajasini ko‘targani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. "Diplomatik qamrovning kengayishi, avvalambor, O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab tobora ko‘payib borayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga iqtisodiy qiziqish ortganligining dalilidir", dedi u.

Eston Prezidenti Toshkentning Markaziy Osiyoda do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlari, Afg‘onistondagi tinchlik jarayonidagi O‘zbekistonning muhim roli, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga qiziqish bildirdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Estoniya xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha fikr almashdilar.

27 avgust kuni elchi Qadamboy Sultonov Rigadagi qarorgohda O‘zbekiston Respublikasining Finlyandiya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi sifatida rasmiy ravishda akkreditatsiyadan o‘tgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан