Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yetim bolani kaltaklagan bezorilar 11-12 sutkaga qamaldi (video)
1.11.2019 11:04,  
303

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi «Hazora» mahallasida yetim bolani xo‘rlashganligi to‘g‘risida video tarqalgan edi. 31 oktyabr kuni videoda tasvirlangan holat bo‘yicha Samarqand shahar ma’muriy sudining ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda sudda ishtirok etgan «Daryo» manbalari xabar berdi.

Mazkur ish yuzasidan bo‘lib o‘tgan sud majlisida U.H.ni kaltaklagan H.I. va I.Z.ga nisbatan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, huquqbuzar H.I. sentyabr oyi oxirlarida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, fuqaro U.H.ni hech bir sababsiz jamoat joyida, ya’ni darvoza ishlab chiqarish sexida, uni tahqirlagan, haqorat qilib, turli joylariga urib tan jarohati yetkazib mayda bezorilik sodir etgan.

Huquqni muhofaza qilish idolari tomnidan ushbu holat internet tarmoqlarida tarqalganidan so‘ng aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Fuqaro U.H. o‘z vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idoralariga murojaat qilmaganligi sababli unga yetkazilgan tan jarohatining og‘irlik darajasini aniqlash imkoni bo‘lmagan.

Bundan tashqari, huquqbuzar I.Z. va H.I. ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida 31 oktyabr kuni ularning uyiga Samarqand shahar IIO FMB 5-sonli bo‘limi xodimlari borib, ulardan IIB binosiga borish va holat bo‘yicha tushuntirish xatlari berish haqidagi talablarini bajarmagan.

Shuningdek, huquqbuzar I.Z. va H.I. huquqbuzarlik harakatlarini davom ettirib, 31 oktyabr kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 5-son IIB xodimlariga hurmatsizlik qilib, ularning qonuniy harakatlariga to‘sqinlik qilgan, omma oldida baqir-chaqir qilib, fuqarolarni bo‘ysunmaslikka da’vat etgan, atrofdagilarni tinchligini buzgan.

Sud majlisida huquqbuzar H.I. sud majlisida o‘z aybini tan olib, sodir qilgan qilmishidan pushaymonligini, qonuniy yengillik berishlarini so‘ragan.

Sudning qaroriga ko‘ra, H.I. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183, 195 va 194-moddasi («Mayda bezorilik», «Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish» hamda «Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik») 1-qismida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Huquqbuzar I.Z.ga nisbatan esa 11 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан