Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






YeTTB O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun $40 mln ajratmoqda
1.10.2020 11:20,  
60

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) koronavirus pandemiyasidan zarar ko‘rgan O‘zbekistondagi mahalliy kichik va o‘rta korxonalarning ishbilarmonlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 40 million dollar miqdorida kredit ajratadi. Bu haqda bank rasmiy saytida xabar qilindi. 

Ushbu paket YeTTBning biznesda Markaziy Osiyo ayollari dasturi doirasida tadbirkor ayollar uchun $10 mln. hamda kichik va o‘rta biznes vakillari uchun $30 mln. hajmli kreditlardan tashkil topgan. 

Dastur tadbirkor ayollarga kasbiy tayyorgarlikdan o‘tishda hamda kelajakda o‘z biznesini qay yo‘l bilan rivojlantirish bo‘yicha malaka va ishonch hosil qilishda ko‘maklashishi aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, YeTTB shu kungacha 81 ta loyihada ishtirok etish orqali O‘zbekiston iqtisodiyotiga 1,8 milliard yevro miqdorida sarmoya kiritgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан