Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yetti nafar bokschimiz finalga yo‘l oldi
29.05.2021 07:59,  
300

Boks bo‘yicha 2021 yilgi Osiyo chempionatining yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda to‘liq tarkibda qatnashgan terma jamoamizning yetti nafar vakili g‘alaba qozonib, chempionlik uchun kurashadigan bo‘ldi.

Faqat uch nafar bokschimiz yarim finalda mag‘lub bo‘ldi va Osiyo chempionatining bronza medali bilan kifoyalandi.

Natijalar bilan tanishing:

  • -49 kg: Nodirjon Mirzahmedov mo‘g‘ilistonlik Unubold Orxontangalagnoni 5:0 hisobida mag‘lub etdi;
  • -52 kg: Shahobiddin Zoirov qirg‘izistonlik Azat Usenaliyevni 4:1 hisobida taslim etdi;
  • -57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov filipinlik Junmilardo Ogayredan 5:0 hisobida ustun keldi;
  • -60 kg: Abdumalik Xalakov mo‘g‘ulistonlik Senbataar Erdenebatga 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi;
  • -64 kg: Elnur Abduraimov Mo‘g‘uliston vakili Chinzorig Baatarsuxga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi;
  • -69 kg: Bobousmon Boturov raqibi hindistonlik Vikas Krishan jangni davom ettira olmagani evaziga texnik g‘alabaga erishdi;
  • -75 kg: Saidjamshid Ja’farov filipinlik Eumir Marsyalni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi;
  • -81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov tojikistonlik Shabbos Negmatulloyevni 5:0 hisobida yengdi;
  • -91 kg: Sanjar Tursunov hindistonlik Sanjitga 0:5 hisobida yutqazib qo‘ydi;
  • +91 kg: Bahodir Jalolov quvaytlik Alanzi Abdurrahmonni 2-raundda texnik nokaut evaziga taslim etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан