Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yetti oyda tashqi savdo $4,7 mlrdga kamaydi
21.08.2020 15:32,  
45

Yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 19,5 milliard dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,7 milliard dollarga kam. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida ma’lum qilindi.

Eksport hajmi 8,28 milliard dollarni tashkil qildi ( - 21,3 foiz kamayish), import 11,26 milliard dollarni tashkil etdi (-17.7% pasayish). Tashqi savdo aylanmasining saldosi 2,98 milliard AQSh dollari miqdoridagi manfiy qoldiqni tashkil etdi.

Eksportdagi oltinning ulushi 39,8% ni tashkil etdi. Asosiy eksport mahsuloti O‘zbekistonga 3,3 milliard dollar olib keldi, bu avvalgi yilga nisbatan 4,7 foizga kam ($3,5 mlrd). Oltinni hisobga olmaganda, eksport o‘tgan yilga nisbatan 29,5% ga pasaydi.

Asosiy tashqi savdo hamkorlari o‘zgarmagan: Xitoy (17,6%), Rossiya (15,9%), Qozog‘iston (7,8%), Koreya Respublikasi (6,7%), Turkiya (5,3%), Qirg‘iziston (2,4%) va Germaniya (2,1%).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан