Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yevropa davlatlarida zaharli niqoblar tarqatilgan. Ular Osiyoda ishlab chiqarilgani aytilmoqda
27.02.2021 10:43,  
428

Belgiya rasmiylari tasodifan aholiga zaharli moddalar bo‘lishi mumkin bo‘lgan tibbiy niqoblarni tarqatgan. 

Bu haqda “The Brussels Times” Belgiya Sog‘liqni saqlash ilmiy-tadqiqot institutining maxfiy hisobotiga asoslanib xabar bermoqda.

Umumiy hisobda Yevropa mamlakatlari hukumatlari 15 million dona mato niqobni bepul tarqatgan. Ularning barchasi Lyuksemburgning “Avrox” kompaniyasi tomonidan Osiyoda ishlab chiqarilgan.

Xabarda aytilishicha, niqoblar tarkibida kumush va titan dioksidining mikroskopik zarralari bo‘lishi mumkin. Ushbu unsurlar nafas yo‘llariga zarar etkazishi mumkin. Ya’ni, olimlarning ta’kidlashicha, ushbu niqoblarni taqish pnevmoniya rivojlanishiga olib keladi. 

Belgiya sog‘liqni saqlash vaziri maskalar xavfi hali isbotlanmaganligini aytgan bo‘lsa-da, ehtiyotkorlik chorasi sifatida ilgari chiqarilgan niqoblarni taqishni va farmatsevtlarni ularni tarqatishni vaqtincha to‘xtatishga chaqirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан