Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yevropa Ittifoqi o‘z hududida Facebook'ning «raqamli puli»ni taqiqladi
7.12.2019 18:03,  
98

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari moliya vazirlari yig‘ilishida bunday qarorga kelishdi. Ittifoq o‘z hududida Libra va boshqa har qanday steyblkoinlardan foydalanishni taqiqladi, chunki hali amaldagi qonunchilik hali bunga tayyor emas, deb xabar qilmoqda Reuters.

Amaldorlar ta’kidlashicha, yangi to‘lov tizimidan foydalanishda qanday xavf-xatarlar paydo bo‘lishi hali mavhum va shu sababli undan foydalanish taqiqlanmoqda. Yevropa Ittifoqining moliyaviy masalalar bo‘yicha komissari Valdis Dombrovskisning aytishicha, maxsus qonunlar ishlab chiqish bo‘yicha tegishli ishlar allaqachon boshlangan.

“Biz pul-kredit siyosatini Facebook kabi xususiy kompaniya qo‘lida qolishini xohlaymizmi? Menimcha, aniq yo‘q. Men Yevropa qonun me’yorlari doirasida amal qiladigan va u jarayonda Fransiyaning ham ishtiroki bo‘ladigan ommaviy raqamli valyuta emissiyasiga qarshi emasman”, - dedi Fransiya moliya vaziri Bruno Le Mer.

Hozirda Yevropa Ittifoqi o‘zining kriptovalyutasini yaratish ustida faol ishlar olib bormoqda. Agar an’anaviy hisob-kitob ishlari qimmatga tusha boshlasa, bu valyutadan foydalaniladi.
Facebook Libra'ni 2020 yilning iyunida ishga tushirishini ma’lum qilgan edi. Biroq, oktyabrda loyihani Mastercard va Visa tark yetgandan beri unga qiziquvchilar salmog‘i anchagina kamaydi. Loyihani boshidagi 28 ta shirkatdan Booking.com, EBay, Stripe, PayPal va Mercado Pago'lar tark yetgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан