Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yevropa Ittifoqi pandemiyaga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga mablag‘ ajratdi
14.06.2020 09:35,  
187

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bilan videokonferensiya o‘tkazdi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri Yevropa Ittifoqining diplomatik xizmatiga tayanib.

Videokonferensiya davomida bir qator mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi. Xususan, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasini amalga oshirish, koronavirus pandemiyasi va mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan, Afg‘oniston bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Jozep Borrel Yevropa Ittifoqi pandemiyaga qarshi kurashda Markaziy Osiyo davlatlari qat’iyat bilan qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoning ba’zi mamlakatlariga (Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston) yordam berish uchun 123 million yevro ajratdi.

Yevropa investitsiya banki va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘z navbatida mintaqa uchun koronavirus bo‘yicha «paketlar» ni ajratdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан