Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya Brexit bo‘yicha yangi kelishuvga erishdi
17.10.2019 18:35,  
189

Yevroittifoq va Buyuk Britaniya Brexit shartnomasi bo‘yicha yangi kelishuvga erishishdi, deb xabar qildi Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker o‘z Tvitterida.

“Istak bo‘lsa, shartnoma ham bo‘ladi. Yangi kelishuv adolatli bo‘lib, unda ikkala tomon manfaatlarini ham hisobga olingan. Men sammitdan ushbu shartlarni qabul qilishni so‘rayman”, - deb yozgan Yunker kelishuv haqida.

Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ham o‘z navbatida ushbu kelishuvni qo‘llab-quvvatladi va o‘z mamalakati parlamentidan uni qabul qilishni so‘radi.

“Biz ajoyib yangi kelishuvga erishdik. Shanba kuni parlament Brexitni tasdiqlashi kerak, shundan so‘ng boshqa muhim masalalar bilan shug‘ullanamiz. Masalan – hayot qimmatligi, sog‘liqni saqlash tizimi, jinoyatchilik va ekologiya”, - dedi Jonson.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil kuzda щtkazilgan referendumda Britaniya aholisi Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun ovoz bergan edi. Ushbu yilning 31 oktyabr kuni Britaniya YeIni tark etishi kerak. Shu vaqtga qadar Britaniya parlamenti YeIdan chiqish haqidagi shartnomani tasdiqlamayotgan edi. Shartnomadagi asosiy muammomlardan biri bu – Irlandiya chegarasi edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан