Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yevropa shaharlari velosipedlar uchun quchoq ochmoqda
29.04.2020 11:36,  
198

Yevropa shaharlari velosipedchilar uchun infratuzilmani yaxshilab borishni rejalashtirmoqda deb yozadi RIA Novosti.

Yaqin kelajakda Fransiyaning 100 dan ortiq shaharlari velosipedchilar uchun qulaylashib boradi. Parij 650 kilometrlik yangi velosiped yo‘laklarini yaratishni rejalashtirmoqda. Birinchi bosqich karantin rejimi qisman yumshatilsa, 11 mayga qadar yakunlanadi.

Fransiya poytaxti rasmiylari ilgari velosiped infratuzilmasini yaxshilashni rejalashtirishgan edi. Meriya barcha ko‘chalarni 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlari uchun velosiped uchun yaroqli holga keltirishga va’da berib, mashina joylarining 72 foizini yo‘l chetlaridan olib tashladi. Karantin tufayli ushbu rejalarni tezroq amalga oshirish mumkin bo‘lmoqda. 

Yaqin kelajakda velosiped infratuzilmasini faol ravishda rivojlantirishni rejalashtirgan boshqa fransuz shaharlari qatorida Lill, Ruan, Le-Man va Marsel bor.

Yaqinda Milan velosiped va piyodalar infratuzilmasini kengaytirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi. Shahardagi kamida 35 kilometr yo‘l velosipedchilar va piyodalar uchun barpo etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан