Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki 2020 yilda O‘zbekiston iqtisodi 5,8% ga o‘sishini taxmin qildi
7.11.2019 12:47,  
52

“O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 2019 yilda 5,5%ga, 2020 yilda 5,8%ga o‘sadi. Bu o‘sish sanoat va qurilish sohalarining rivojlanishi hisobiga sodir bo‘ladi”, deyiladi YeTTB xabarnomasida.

Unda qayd etilishicha, O‘zbekistonda eksport amaliyotlari sezilarli darajada, 45%ga oshib, bu mamlakat iqtisodi erkinlashayotgani, shuningdek, mintaqaviy integratsiya kuchayayotganining belgisi bo‘lyapti.

Shuningdek, o‘tgan yilning shu davriga solishtirganda sohalarni kreditlash ham 60%ga oshgan, bu esa “infratuzilmalar va ish faoliyatiga jalb etilayotgan sarmoya miqdori o‘sib borayotganini anglatadi”.

Xabarnomada aytilishicha, 2019 yilning birinchi uch choragi davomida inflyasiya 14,1%gacha sekinlashdi. Shuninng uchun YeTTB “O‘zbekiston valyuta bozorining erkinlashganini, natijada 2019 yil boshidan mahalliy valyuta devalvatsiyasi deyarli 12% bo‘lganini olqishlaydi”.

“2019 yil avgustda valyutani tartibga soluvchi organlar uning kunlik tebranishiga ta’sir qiladigan 5%lik chegarani olib tashlab, bu ko‘rsatkichni bozor belgilashiga imkon berdi. Bunga qo‘shimcha ravishda hozirda tijoriy banklar orqali biznes va sayyohlikdan boshqa maqsadda ham xorijiy valyutani sotib olishga ruxsat berildi”, deyiladi xabarnomada.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан