Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yevropa uchun baxtli voqea – Shtaynmayer Trampning mag‘lubiyatini olqishladi
3.12.2020 12:44,  
186

Germaniya Federativ Respublikasining federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer AQShda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlari natijalariga izoh berdi

U Amerika saylovlari kunini “Yevropa uchun baxtli voqea” bo‘lganini aytgan.

Shtaynmayerga ko‘ra, AQShdagi saylov natijalari Amerikaning amaldagi Prezidenti Donald Tramp sharofati bilan boshlangan xalqaro tashkilotlarning zaiflashishi, shuningdek, “ko‘p qirrali eroziyani” to‘xtatadi. 

“Biz yana amerikaliklar bilan bizni ikkiga ajratadigan nizolarsiz gaplasha olamiz. Boshimizdan o‘tganlarini inobatga olsak, bu juda katta narsa”, deya ta’kidlagan Shtaynmayer.

Avvalroq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish AQSh va BMT o‘rtasidagi yaqin hamkorlik muhimligini ta’kidlagandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 noyabr kuni AQShda prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Asosiy nomzodlar demokrat Jo Bayden va respublikachi Donald Tramp bo‘ldi. Saylov natijasi rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, natijalar demokrat Jo Baydenning g‘alabasini ko‘rsatmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан