Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yevropada ilk bora koronavirus yuqtirib olgan bemor vafot etdi
15.02.2020 17:04,  
472

Yevropada ilk bora koronavirus bilan kasallangan bemor vafot etdi. BFMTV telekanaliga tayanib, gazeta.ru nashrining yozishicha, xitoylik 80 yoshli sayyoh Fransiyada vafot etgan.

Mamlakat sog‘likni saqlash vazirining so‘zlariga ko‘ra, qariya Fransiyaga koronavirusning o‘chog‘i hisoblangan Xitoyning Xubey provinsiyasidan kelgan.

Xabarda aytilishicha, marhum 16 yanvar kuni Fransiyaga kelgan, 25 yanvar kuni esa shifokorlarni uni karantinga olishgan edi. Shundan so‘ng bir necha kun o‘tib, uning ahvoli yomonlashgan va vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar koronavirus yuqtirib olgan bemorlar soni 67 ming kishidan ortib ketdi. Bu virus 1500 dan ortiq insonning hayotiga zomin bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан