Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yevroparlamentning besh partiyasi Lukashenkoni saylangan prezident sifatida tan olmaydi
17.08.2020 22:54,  
269

Tobora ko‘proq Yevropa mamlakatlaridagi yetakchi shaxslar va siyosiy arboblar Lukashenko hukumatiga nisbatan ishonchsizlik bildirmoqda. Avvaliga post sovet mamlakatlar Litva, Latviya, Estoniya va Polsha prezidentlar va tashqi ishlar vazirlari darajasida Belarusning amaldagi hukumatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

Mavzuga doir: «Yo muxolifat bilan kelish yoki sanksiya» — Litva Belarus hukumatiga ultimatum qo‘ydi

Bugun esa Yevroparlamentning beshta partiyasi yetakchilari Belarusda yangi va erkin saylovlar o‘tkazishga chaqirdi va Lukashenkoni Yevropa Ittifoqida non-grat persona deb atadi. 

"Biz Aleksandr Lukashenkoni Belarusning saylangan prezidenti deb tan olmaymiz va uni Yevropa Ittifoqida non-grat persona deb hisoblaymiz. Biz Beloruc xalqining mustaqil kuzatuvchilar kuzatuvi ostida yangi va erkin saylovlar o‘tkazilishini talab qilishini qo‘llab-quvvatlaymiz", - deyiladi beshta partiya yetakchilarining qo‘shma bayonotida.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab belarus saylovlarini tan olmasligini ma’lum qildi.

 

 

"Dunyo Belarus hukumatining ushbu soxta prezidentlik saylovlaridan keyin tinch namoyishni zo‘ravonlik bilan bostirganini kuzatdi. Buyuk Britaniya ularning natijalarini tan olmaydi. Buyuk qatag‘onlar ketidan Buyuk Britaniya o‘zining sheriklari bilan birgalikda aybdorlarni jazolash uchun harakat qiladi".

Germaniya Lukashenko bilan mamlakatdagi inqirozli vaziyatni hal qilish uchun diplomatik kanallar orqali bog‘lanishga harakat qilmoqda, dedi mamlakat bosh kansleri Angela Merkel Litva prezidenti bilan suhbatda.

Avvalroq dushanba kuni Germaniya Vazirlar Mahkamasi vakili Shtefen Zaybert Germaniya hukumati Svetlana Tixanovskaya bilan muzokaralar olib borganini aytdi. Hozircha ularning tarkibi haqida hech narsa ma’lum emas.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан