Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






YeXHT O‘zbekistondagi mahkumlarga insonparvarlik yordamini yubordi
15.04.2020 14:16,  
291

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori mamlakatdagi jazoni ijro etish muassasalariga koronavirus infeksiyasining kirib kelishini oldini olishda Bosh boshqarma tomonidan olib borilayotgan ishlarga ko‘maklashish uchun insonparvarlik yordamini ko‘rsatdi.

IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (JIEBB) matbuot xizmati xabariga ko‘ra, insonparvarlik yordami o‘z ichiga 15 turdagi turli tibbiy himoya (yuz niqoblari, tibbiy qo‘lqoplar, himoya kostyumlari, bog‘lov materiallari), kir yuvish va shaxsiy gigiyena hamda antibakterial vositalarni jamlagan bo‘lib, uning umumiy qiymati 180 million so‘mdan ortiqdir.

Foto: IIV JIEBB matbuot xizmati

Ushbu vositalar tarbiya koloniyasidagi voyaga yetmagan mahkumlar va mahkum ayollarning koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan maxsus kontingent uchun, shuningdek, ushbu muassasalarda xizmat qilayotgan xodimlarga maqsadli ravishda yetkazib berildi.

JIEBB rahbariyati jazoni ijro etish muassasalarida COVID-19 infeksiyasi kirib kelishining oldini olish bo‘yicha ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami uchun YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, elchi Jon Makgregorga minnatdorchilik bildirgan.

Foto: IIV JIEBB matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан