Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Facebook Hindistonda diniy adovatni qo‘zg‘ashda ayblandi
25.10.2021 08:47,  
55

Facebook kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmoqlari va dasturlari orqali Hindistonda diniy adovatni qo‘zg‘ashda ayblandi. Bu haqda kompaniya ichki hujjatlariga tayanib Wall Street Journal nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yildan 2020 yilgacha Facebook ijtimoiy tarmog‘ida adovatni qo‘zg‘ovchi kontent hajmi 3 marta oshgan. Unga qarashli WhatsApp messenjerida esa diniy alomat bo‘yicha adovatga chaqiruvchi xabarlar faol tarqatila boshlangan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday xabarlar tarqalishi Dehlida 2020 yil fevralda turli radikal guruhlar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlangan vaqtga to‘g‘ri keladi. O‘shanda to‘qnashuvlar oqibatida 53 kishi halok bo‘lgan, 300 dan ko‘proq kishi jarohat olgan.

Facebook xodimlarining aytishicha, kompaniya ijtimoiy tarmoqlarida musulmonlarga qarshi ko‘rinishdagi xabarlar muntazam ravishda tarqatiladi. Ular bergan hisobotlarga ko‘ra, bunday xabarlarni ikkita yirik hinduiy millatchi guruhi tarqatadi. Biroq ushbu xabarlarning aksariyati “zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi” materiallar sifatida belgilanmaydi. Tahlilchilarning fikricha, bu holat kompaniya texnik tizimlari hindi va bengal tillarida materiallarni topa olmasligi bilan bog‘langan.

Biroq kompaniyaning sobiq xodimi Frensis Xaugenning ta’kidlashicha, Facebook ijtimoiy tarmog‘i adovatni qo‘zg‘ash uchun “juda qo‘l keladi”. Uning aytishicha, ijtimoiy tarmoq adovatni qo‘zg‘ovchi materialni ataylab tarqatadi. U buni bunday materiallar foydalanuvchilarda adovat va g‘azab kabi kuchli his-tuyg‘ularni keltirib chiqarishi hamda ularni saytda yanada ko‘proq vaqt o‘tkazishga undashi, bu esa kompaniya daromadlari oshishiga olib kelishi bilan tushuntirgan.

“Facebook’da agar algoritmlar xavfsizlik tomon sozlansa, odamlar saytda kamroq vaqt o‘tkazishi, kamroq reklama ko‘rishi, natijada kompaniya kamroq daromad olishini tushunib yetishgan”, deb aytgan Xaugen.

O‘z navbatida kompaniya rahbari Mark Sukerbergning ta’kidlashicha, “daromad olish uchun hech narsadan tap tortmaslikdagi” ayblovlar asossiz va kompaniya xavfsizlik hamda odamlar ruhiy sog‘lig‘i kabi masalalarga befarq qaramaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан