Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Facebook koronavirusga oid 7 millionta postni o‘chirdi
12.08.2020 13:29,  
88

Facebook 2020 yilning ikkinchi choragida koronavirus haqidagi yolg‘on ma’lumotlarga oid 7 million postni olib tashladi, deb xabar beradi Reuters agentligi.

Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq profilaktika choralarini noto‘g‘ri tasvirlaydigan va davolash samaradorligini oshiruvchi postlarni olib tashladi.

Facebook shuningdek, nafratni qo‘zg‘atadigan 22 milliondan ortiq xabarlarni va terrorchilik tashkilotlari bilan bog‘liq 8,7 million xabarlarni ham o‘z platformasidan o‘chirib tashladi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, pandemiya sababli ular munozarali kontent bilan shug‘ullanishda avtomatlashtirishga ishonishadi, chunki ko‘pchilik xodimlar uydan ishlayapti. Bu o‘z joniga qasd qilish va bolalarning jinsiy ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq yozuvlarning kamroq o‘chirilishiga olib keldi, deydi Facebook rahbarlari.

"Ushbu grafik kontentni uyda oila a’zolari va bolalari bilan kuzatib borish juda qiyin", dedi Feysbukning xavfsizlik bo‘yicha vitse-prezidenti Gay Rosen.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан