Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Facebook talabalarga mo‘ljallangan ijtimoiy tarmoq yaratdi
12.09.2020 15:07,  
115

Amerikaning Facebook kompaniyasi talabalar uchun yangi ijtimoiy tarmoqni ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya veb-saytida xabar berildi.

Facebook Campus platformasi masofaviy o‘qitish paytida yangi tanishlar orttirishga yordam beradi, deyiladi xabarda. Shuningdek, bu pandemiya sababli talabalar universitet va kollejlarga bormayotgan paytda, sinfdoshlar o‘rtasidagi aloqani osonlashtiradi, ayniqsa masofaviy o‘qishda. 

Sinfdoshlar bilan muloqot qilish, guruhlarga qo‘shilish, yangiliklarni kuzatib borish, ta’lim muassasangiz ma’muriyatidan xabar olish va boshqa ko‘p narsalar mumkin bo‘ladi.

Facebook Campus interfeysi. Foto: Facebook 

"Biz sinfdoshlarimizning bir-birlari bilan uchrashishi, yangi munosabatlar o‘rnatishi va suhbatni boshlashini osonlashtiradigan mahsulot yaratmoqchi edik. Va biz COVID-19 tufayli Campus har qachongidan ham dolzarbroq deb o‘ylaymiz", - dedi Facebook Campus menejeri Charmeyn Hung.

Platformadagi turli tadbirlarda ishtirok etish mumkin bo‘ladi.  Foto: Facebook 

Profil yaratish uchun sizga maktabingizning elektron pochta manzili va bitiruv yili kerak bo‘ladi. Ayni paytda Facebook'ning Campus'i AQShning 30 ta kollej va universitetlarida mavjud, ammo kompaniya vaqt o‘tishi bilan kengayishni rejalashtirmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан