Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Facebook yuzni tanib olish funksiyasidan voz kechadi
4.11.2021 08:22,  
29

Meta kompaniyasining xabariga ko‘ra, Facebook suratlar va videokontentdagi yuzni tanib olish funksiyasidan voz kechadi.

 Ta’kidlanishicha, uni qo‘llash qo‘shimcha muhokamani va aniq tartibga solishni talab qiladi. O‘zgartirishlar kiritilganidan so‘ng, avval ijtimoiy tarmoqda yuzni tanish funksiyasiga ruxsat bergan foydalanuvchilar endi identifikatsiya qilinmaydi. 

Facebook hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu xizmatdan akkauntlarning uchdan bir qismi foydalanadi va uni o‘chirib qo‘yish milliarddan ortiq "yuzni tanib olishning maxsus shablonlari"ni olib tashlaydi. 

Har qanday yangi texnologiya ham foyda, ham tashvish keltiradi va biz to‘g‘ri muvozanatni topmoqchimiz. Yuzni tanib olish holatida masalani eng ko‘p zarar ko‘rganlar tomonidan uzoqroq va ochiqroq muhokama qilish kerak. Biz fuqarolik jamiyati va nazorat qiluvchi organlar bilan buni muhokama qilishda davom etamiz",- deydi kompaniya mutaxassislari. 

Meta kompaniyasi mutasaddilarining ta’kidlashicha, ushbu e’lon qilingan o‘zgarishlar kompaniyaning ommaviy identifikatsiyalash usullaridan voz kechganini anglatadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан