Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Facebook Zoom ilovasining analogini ishga tushirmoqda
25.04.2020 14:15,  
222

Amerikaning Facebook kompaniyasi jamoaviy videoqo‘ng‘iroqlar qilish imkoniyatini beruvchi Messenger Rooms xizmatini ishga tushirmoqda. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berildi

Rooms bilan foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida 50 kishilik videokonferensiyalar tashkil qila oladi. Vaqt bo‘yicha limit o‘rnatilmagan. Qayd etilishicha, bunday konferensiyani Facebook yoki Messenger ilovasi orqali tashkil qilish mumkin. 

Yaqin vaqt ichida Instagram, WhatsApp hamda Portal'da bunday funksiya qo‘shilishi rejalashtirmoqda. 

Koronavirus pandemiyasi fonida videokonferensiya shaklida muloqotlar olib borish ehtiyoji kompaniyaning bunday xizmat taklif qilishiga sabab bo‘lgan.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram ham joriy yil so‘ngiga qadar jamoaviy videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini qo‘shishini ma’lum qilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан