Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Facebook'da global uzilishlar kuzatilmoqda – «O‘zkomnazorat»
11.07.2020 17:16,  
308

Downdetector xabariga ko‘ra, 2020 yil 10 iyul kuni Facebook ishlashida katta uzilish sodir bo‘ldi. 

O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi («O‘zkomnazorat») axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mutaxassislar tarmoq ilovasida ommaviy ravishda kuzatilgan uzilishga Facebook (Facebook SDK) jamlanmasini ishlab chiqish bilan bog‘liq muammoni sabab sifatida ko‘rsatishgan.

The Verge nashrining yozishicha, ko‘plab ilovalar foydalanuvchilarni avtorizatsiya qilishda Facebook akkauntlaridan foydalanadi.

10 iyul tongida kompaniya dastur ishlab chiquvchilar platformasida muammodan boxabarligi va iOS foydalanuvchilari duch kelgan texnik xatolarni bartaraf qilish ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan.

iOS foydalanuvchilari Facebook SDK bilan integratsiyalashgan Spotify, Pinterest, TikTok va boshqa ko‘plab ilovalariga kirishning iloji bo‘lmayotganidan shikoyat qilgan.

Dasturlar Internet tarmog‘i (4G yoki WiFi) faollashgan vaqtda ishlamay qolgan, biroq smartfon «Parvoz» rejimiga o‘tkazilgan vaqtda ular yana avvalgidek ishlay boshlagan.

Bundan tashqari shunga o‘xshash avtorizatsiya yoki ilovaga kirish bilan bog‘liq muammolar Android hamda Windows tizimlarida ham kuzatilgan.

Ayni vaqtga kelib kompaniya muammo to‘liq bartaraf qilinganini e’lon qilgan bo‘lsada, O‘zbekistonda uzilishlar kuzatilmoqda. 

 

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан