Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Falastin AQSh va Isroil bilan tuzilgan barcha kelishuvlardan chiqmoqda
20.05.2020 10:35,  
418

Falastin Isroil va AQSh bilan barcha kelishuvlarni, shu jumladan xavfsizlik bitimlaridan chiqmoqda, deya xabar beradi mahalliy WAFA axborot agentligi Falastin rahbari Mahmud Abbosga tayanib.

Abbosning so‘zlariga ko‘ra, Falastin tomonining kelishuvlardan chiqib ketishiga AQShning ko‘magi bilan Isroilning Falastin yerlarini anneksiya qilish niyati sabab bo‘lmoqda. Uning ta’kidlashicha, bundan buyon Isroil xalqaro hamjamiyat oldida bosqinchi kuch sifatida barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.

2020 yil yanvar oyida Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp Falastin-Isroil mojarolari bo‘yicha "asr kelishuvi" shartlarini ma’lum qilgan edi. Shartlar orasida Falastin hududida joylashgan yahudiy aholi punktlari ustidan Isroil suverenitetining tan olinishi va arab davlatining qurolli kurashdan bosh tortishi bor edi. 

Trampning loyihasi Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, ammo Falastin AQShning taklifini keskin rad etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан