Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fanlar akademiyasi koronavirusga qarshi preparat «kashf etgan» dorishunosni fosh etdi
4.04.2020 09:21,  
5990

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Kun.uz nashrida e’lon qilingan (maqola o‘chirib tashlangan), O‘zbekistonda yaratilgan preparat koronavirusni to‘xtatishi mumkinligi haqida aytilgan maqolaga munosabat bildirdi.

Rahima Ochilova tomonidan «ixtiro qilingan»i aytilgan «Quvatin» va «Noglyukin» biofaol qo‘shimchalari texnologiyasi aslida O‘simlik moddalari kimyosi institutida ishlab chiqilgan va hech qachon ularning virusga qarshi ta’siri tekshirilmagan.

«2020 yil 1 aprel kuni Kun.uz saytida "O‘zbekistonda yaratilgan preparat koronavirusni to‘xtatishi ehtimoli mavjud – Fanlar akademiyasi tadqiqotchisi" sarlavhali maqola nashr etildi.

Maqola muallifi Naima Aliqulova hozirda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida mustaqil-izlanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Uning asosiy ish joyi Islom akademiyasi akademik litseyi hisoblanadi. Rahima Ochilova Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi institutida 2004—2006 yillarda laborant bo‘lib ishlagan.

Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti ma’lumotiga ko‘ra, maqolada keltirilgan «Quvatin» va «Noglyukin» biofaol moddalarining ipak qurti pillasidan ajratib olish texnologiyasi institut xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu biofaol qo‘shimchalar sport tibbiyoti uchun mo‘ljallangan va hech qachon ularning virusga qarshi ta’siri tekshirilmagan.

Shuningdek, «Siritsin» preparati diabet kasalligi uchun biofaol qo‘shimcha sifatida ishlatilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish lozimki, har bir yaratilgan dori vositasi belgilangan reglamentlar asosida sinovdan o‘tkaziladi va u bilan bog‘liq jarayonlar «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi», — deyiladi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан