Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fanlar akademiyasiga tegishli bo‘lgan sayt hakerlik hujumiga uchradi
23.11.2020 13:47,  
195

Fanlar akademiyasiga tegishli bo‘lgan veb-saytga hakerlik hujumi amalga oshirildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hakerlik hujumi uyushtirilgan veb-sayt O‘zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti veb-sayti bo‘lib, mazkur holat Institut mas’ul xodimlari tomonidan bartaraf etildi. 

«Fanlar akademiyasi tomonidan ilmiy-tadqiqot muassasasining veb-saytini takomillashtirish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar belgilandi. Saytga qo‘yilgan bank plastik karta egasi aniqlandi», - deyiladi ma’lumotda.

Eslatilishicha, kiberjinoyat uchun javobgarlik belgilangan.

Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar va ularga nisbatan javobgarlik ko‘zda tutilgan.

Kodeksning 278-5-moddasiga ko‘ra, o‘zganing kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek, kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji):

3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima;

2 yilgacha ozodlikni cheklash;

2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан