Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






FAO O‘zbekistonda agrometeorologik kuzatuvlarni takomillashtirishga ko‘maklashadi
13.11.2021 14:35,  
28

Ma’lumki, yog‘ingarchilik, havo harorati va quyosh nuri kabi iqlim omillari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirsh jarayonlariga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari esa kunlik taktik qarorlar qabul qilish va uzoq muddatli rejalashtirishni amalga oshirishlari uchun o‘z vaqtida aniq  va ishonchli ob-havo ma’lumotlariga muhtoj. Mavsumiy indikativ ob-havo bashoratlari, masalan, ekinlarni joylashtirish va ularni ekish muddatlari, shuningdek, qurg‘oqchilik yuzaga kelganda chorva mollarini sotish zarurati haqida qaror qabul qilishning tobora muhim vositasiga aylanmoqda.

Shu munosabat bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini agrometeorologik axborotlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha faol chora-tadbirlarni amalga oshirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq FAO O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markaziga 12 ta zamonaviy agrometeorologiya stansiyalarini yetkazib berdi. Ushbu  jihozlar Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari qishloq xo‘jaligi hududlarida joylashgan 12 ta meteorologiya stansiyalariga o‘rnatildi. Jihozlarni topshirish yuqorida qayd etilgan qaror bilan tasdiqlangan “2020 — 2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmatini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida gidrometeorologiyadan foydalanish bo‘yicha ustuvor loyihalarni amalga oshirish «yo‘l xaritasi» da nazarda tutilgan edi.

Agrometeorologiya stansiyalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchil va sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish” loyihasi (CACILM-2) doirasida xarid qilindi. Ta’kidlash kerakki, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari Gidrometeorologiya boshqarmalari mutaxassislari uchun yangi avtomatik agrometeorologik stansiyalardan foydalanish bo‘yicha treninglar ham tashkil etildi.

«Avtomatik agrometeostansiyalardan foydalanish tufayli loyiha hududlarida joylashgan xo‘jaliklar barcha zarur meteorologik ma’lumotlarni o‘z vaqtida va samarali olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa, o‘z navbatida, fermerlarga ob-havo bashoratlari asosida uzoq muddatli rejalashtirishni amalga oshirish, ekin ekish, pestitsidlardan foydalanish va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilish orqali hosildorlik bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish imkonini beradi», - deydi loyihaning milliy boshqaruvchsi Muhammadjon Qosimov.

Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchil va sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish landshaftlarida yerdan foydalanishni yaxshilash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish hamda tabiiy resurslarni kompleks boshqarish bo‘yicha amaliyotlar ko‘lamini kengaytirish “Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchil va sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish” mintaqaviy loyihasining asosiy maqsadi hisoblanadi. O‘zbekistonda bu loyiha Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Loyihaning milliy hamkorlari – O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi BMTning qurg‘oqchilik va cho‘llanishga qarshi kurashish konvensiyasi va BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi asosiy konvensiyasini amalga oshirishga ham salmoqli hissa qo‘shmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан