Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Faol yoshlarni uy-joy bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qaror bekor qilinmoqda
24.05.2021 22:49,  
248

“Toshkent: besh tashabbus harakati – 2021” forumida Oliy Majlis  - qonunchilik palatasi deputatlari – Rasul Kusherbayev, Doniyor G‘aniyev hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyevlar ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi — deya yozmoqda ’Rost24’.

Uchrashuvda Vazirlar Mahkamasining «Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashda qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ( 250- 753- 521- sonli)  2021 yil uchun bekor bo‘layotgani haqida ma’lumot berildi.

Tadbirda qatnashayotgan yoshlar mazkur qaror bekor qilinsa, respublika miqyosida ikki mingdan ortiq nomzodi qo‘yilgan yoshlarning umidi puchga chiqishini aytib o‘tishdi. Ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi yoshlar qarorning bekor qilinishi bo‘yicha bir oy oldin Oliy Majlisga ham murojaat yo‘llashgan. 

Yoshlarning e’tiroziga nisbatan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Odiljon Tojiyev shunday javob berdi: 

“Bu qarorning bekor bo‘layotganidan bizning xabarimiz yo‘q ekan. Bu masalani ko‘taramiz. To‘g‘risi, mening xabarim yo‘q ekan. Masalani ichidan bilaman, ijrochi bo‘lganmiz, komissiyaning rahbari bo‘lganmiz. Bu masalani o‘rganib chiqamiz”. 

Eslatib o‘tamiz: «Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashda qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror ijrosi bo‘yicha “Kamolot” yoshlar harakati davrida bir qancha muammolar yuzaga kelgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qarorga asosan 600 nafarga yaqin yoshlarga imtiyozli kredit asosida uy-joylar ajratib berilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан