Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






⚡️Faqat qizlar uchun kontrakt to‘lashga 7 yilga foizsiz kredit ajratiladi
1.03.2022 19:12,  
371

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash dasturi qabul qilinadi.

Dastur doirasida poytaxtda asosan xotin-qizlarni o‘qitish uchun davlat-xususiy sherikchilik asosida to‘qimachilik sohasida alohida universitet tashkil etiladi. Joylarda uning texnikumlari ham ochiladi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab oliygoh, texnikum va kollejlarda o‘qiyotgan qizlarga ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun, ilk marotaba, 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinadi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq byudjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard so‘m);

▫️ har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi; 

▫️ yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o‘qishga sharoit yaratiladi.

Maktabda o‘qiyotgan qizlar va mahalladagi ayollarning kasb-hunar egallashi uchun yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi:

✔️har yili maktab va kollejlarni bitirayotgan 20 ming nafar qizlarni IT sohasida o‘qitish bo‘yicha ham davlat buyurtmasi bo‘ladi;

✔️2023 yildan ushbu tizim chet tillarini o‘rganish yo‘nalishida ham joriy etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан