Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Faqat tarjima bilan til ilgarilamaydi
9.01.2021 22:55,  
3720

ID karti inglizcha «identification - kishining kimligini aniqlash» degan so‘zdan yasalgan. Turkchada «kimlik karti» deyiladi. Tilmochlik qilayotganimda «do you have an ID?» degan savolni «kimlik kartingiz bormi?» deb o‘giraman. Hali hech kim «u nima?» deb so‘ramadi, tushunishyapti.

O‘zbekistonda yangi yildan boshlab, boshqa normal davlatlarda bo‘lgani kabi, ID kartlari tarqatila boshlandi. Lekin unga umuman o‘zbekcha bo‘lmagan «shaxs guvohnomasi» deb yozib, arabcha va forscha qorishmani ishlatishibdi. Men o‘tgan yili qisqa, lo‘nda va o‘zbekcha «kimlik karti» deb yozish zarurligini bildirgandim. Baribir bilganini qilib, osongina boshqa tildan o‘zbekchaga avtomatik ravishda o‘girib qo‘yaqolishibdi. Chunki yuqoridagi birorta ishga ijodiy yondashishni bilmaydigan «aqllilar» o‘zlarinikini o‘tkazishdan boshqasiga yarashmaydi. Baqa botqoqda yotib, «dunyo shu bo‘lsa kerak» deb o‘ylarkan-da.

Agar o‘zbek tilida fikrlashga keng yo‘l ochilmas ekan, quloqqa yoqmaydigan, tilimizga mantiqsiz tarjimalar orqali yot har-xil so‘zlar urchigandan urchib ketaveradi. Odamlar baribir o‘zbekcha ko‘rinishini qabul qilmay, chet tildagisini aytishib, o‘zbek tili ilgarilashi yo‘liga o‘zlari g‘ov bo‘laverishadi. Bunday bemazagarchiliklarni to‘xtatadigan kuch, hozircha, ko‘rinmayapti.

Afsuski, tepada til dushmanlari o‘tirishibdi. Buni yangi yil tabrigi qanday efirga uzatilganida ham ko‘rdik. Tilchi olimlarimiz tiliga talqon solib olishgan shekilli, o‘z soyasidan ham hadiksirab yurishadi. Qachon o‘zbek tiliga hurmat bo‘ladi? Ishonch kun sayin ozayib boryapti...

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан