Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona viloyati hokimi “so‘kkani”ni tan olmadi
26.01.2018 14:18,  
27

Viloyat hokimligi matbuot kotibi Abdulazizxon Abdasov “Har narsaga yetgan aqlingiz shunga qolganda oqsaydur...” nomi ostida hokimlikning internet saytida, “hokimning internetda tarqalgan nutqiga” izoh berdi.

Avvalo u bu fikrlarni avvalo viloyatning oddiy fuqarosi va viloyat hokimligining matbuot kotibi sifatida ham bildirmoqdaman. 

Jumladan, muallif – “Men bir narsani aniq ayta olamanki, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Toshloqlik ushbu fojea qurbonlariga o‘z farzandiga, o‘z jigariga kuygandek qattik alamda, o‘zini ham aybdor his qilayotgani aniq!” deb ta’kidlagan.

Shuningdek, u “Shu bilan birga yig‘ilishda aytgan hamma fikrlari aslo xalqini mensimaslik, Toshloq ahlini yomon ko‘rish ham emas. Mutlaqo aksincha,  nima qilib bo‘lsa ham shunday holat, shunga o‘xshash holat yana takrorlanmasligi uchun hammani hushyor bo‘lishga chaqirish, mas’uliyatni eng katta darajaga oshirish, o‘zini ham ayab o‘tirmay jon kuydirayotgani bu!” deb yozadi u.

 - “Ko‘pxotinlik qilayotgan, xotinlarini qo‘yvorib, bolalarni tirik yetim qilib, alimentini to‘lamayotganlarni, yoki bo‘lmasa, ichki ishlar xodimlarini nohaq bo‘la turib toshbo‘ron qilganlarni qaysi birining haqqiga kim iliq gap ayta oladi o‘zi!!! Bu yerliklarning Hajga borishni taqiqlayotgani sababi ortida nima maqsad borligini, “undan ko‘ra chetga chiqib ketishga majbur bo‘layotgan muhtojlarga ber shu pulingni” demoqchi bo‘lyapti  deb tushunib yetganlar ham bormi o‘zi?”.

Matubot kotibi jurnalistlarni “insof”ga chaqirdi. Uningcha tanganing ikkinchi tomonini ham hisobga olsak, sal insof qilsak bo‘lar edi.

Shuningdek, Abdulazizxon  Abdasov jurnalistlarni illat izlamaslikka ham chorlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан