Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona vodiysida 23 may kuni kuchli sel kelish xavfi mavjud
22.05.2018 15:16,  
12

Ertaga, 23 may kuni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutiladi, ayrim joylarda yomg‘ir kuchli yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin”, - deyiladi xabarda.

FVV aholidan ehtiyot choralarini ko‘rishni hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 "tezkor raqam”iga murojaat etishni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq respublika hududida yuz bergan sel toshqinlari oqibatida ko‘plab aholi evakuatsiya qilingandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан