Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona vodiysidan Qozog‘iston shaharlariga avtobus yo‘nalishlari ochilishi mumkin
23.03.2018 12:12,  
2

O‘zbekiston va Qozog‘iston yaqin oylar ichida Toshkent – Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi davlatlararo avtobus reyslarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi avtobus qatnovi o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalaridan boshlab to‘xtab qolgan edi. Shu yilning yanvarida O‘zbekiston va Qozog‘iston Toshkent – Chimkent – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ydi.

"Hozirda Qozog‘istonning tegishli idorasi bilan Toshkent – Olmaota yo‘nalishini ochish bo‘yicha muzokara olib bormoqdamiz. Bundan tashqari, Qozog‘iston shaharlariga Farg‘ona vodiysidan qatnovlar tashkil etishni rejalashtirganmiz. Shuningdek, O‘zbekistondan Rossiyaga qatnovchi avtobuslarning ushbu mamlakat hududi orqali tranziti muhokama qilinmoqda", — dedi O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘i o‘rinbosari Shoalim Shovahobov.

Suhbatdoshning aytishicha, ikki davlat o‘rtasida avtobus qatnovining yo‘lga qo‘yilishi natijasida bir necha oy ichida 2,5 mingdan ortiq yo‘lovchi tashilgan bo‘lib, ularning soni o‘sib bormoqda.

"Bu ikki mamlakat tashuvchilariga yo‘l kira narxini 80 ming so‘mdan 60 ming so‘mga pasaytirish imkonini berdi. Hozirda avtobuslar kuniga uch marta qatnamoqda", — dedi Shovahobov.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 17 noyabrda O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasidagi xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma kuchga kirdi. Hujjat bilan mamlakatlar o‘rtasida yo‘lovchi tashish bo‘yicha muntazam va nomuntazam avtobus qatnovlarini tashkil etish imkoniyati yuridik jihatdan belgilandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан