Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona vodiysining markaziy ko‘chalarida yana chinorlar kesilmoqda (foto)
28.06.2019 13:56,  
13

«Ekolog.uz» Farg‘ona vodiysining Rishton tumanidagi markaziy ko‘chadagi chinorlar kesilayotgani haqida «Rishtonda chinorlar nega kesilmoqda?» nomli maqola chop etdi. Quyida maqola to‘lig‘icha berildi.

Bugun ertalabdan Farg‘ona vodiysi, aniqrog‘i Rishton tumanidan xavotirli xabar keldi. Rishton tumanining markaziy ko‘chasidagi chinorlar o‘zi keng bo‘lgan yo‘lni «kengaytirish bahonasida» kesilmoqda. Aholi norozi, ammo bu noroziligini faqatgina uydan chiqmay bildirishmoqda. Mazkur daraxt kesilishlari qanchalik qonuniy?

Nahotki, obodonlashtirish va qurilish ishlarini daraxtlarni nobud qilmasdan amalga oshirish mumkin bo‘lmasa? Ularning o‘rniga keyinchalik ekiladigan ko‘chatlar 50-80 yillik chinoralardek bo‘lgunicha bir inson umri o‘tadi (agar o‘rniga yana archa emas, chinor ekilsa albatta). Bunga tuman hokimi Tavakkal Rahimov, Farg‘ona viloyati va va tuman ekologiya qo‘mitasi bo‘limlari, Ekologik partiya va Ekoharakat tuman bo‘limlari qanday munosabatda?

Farg‘ona vodiysi bundan atigi 5 yil muqaddam daraxtlarning, azim chinorlarning ko‘pligidan eng salqin, eng soya, bohavo hududlardan biri edi. Ammo respublikamizda shaharlarni obodonlashtirish borasida faoliyat boshlanishi bilan birinchi galda daraxtlarga tom ma’noda qiron keldi. Shaharnin binolar bilan ko‘rkiga ko‘rk qo‘shildi-yu, ammo yaydoq cho‘lga aylandi. Albatta yo‘l chetiga ekilgan aksariyat archa ko‘chatlari kelgusida chinorlardek soyani bermaydi. Yozda haroratning ko‘tarilishiga daraxtlarning kamayib ketishi, atmosferaning ifloslanishiga (daraxtlar kislorod chiqarib, karbonat angidridni yutishini unutmaylik!) aholining sog‘lig‘ini yomonlashishiga, yurak qon-tomir, nafas yo‘llari kasalliklarining ortishiga olib kelmoqda. Hurmatli rishtonliklar, daraxtlarni kesilishiga yo‘l qo‘ymang, o‘zingiz, farzandlaringiz sog‘lig‘i qisman bo‘lsada ana shu daraxtlarga bog‘liq ekanligini unutmang.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан