Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri ming dollar bilan qo‘lga tushdi
9.08.2019 15:49,  
96

Farg‘onada tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri o‘z xizmat vakolatiga kirmasa-da bog‘cha mudirasi lavozimiga tayinlash evaziga 1 ming 200 AQSh dollarini olmoqchi bo‘ldi.

U fuqaro G.Tni Farg‘ona viloyati hududidagi yoki Rishton tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarining biriga mudir lavozimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da beradi. Bu ish “quruq”qa bitmasligi, xizmati 1 ming 200 AQSh dollarini bo‘lishini aytib, uni aldaydi. Fuqaro G. T bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organga ariza bilan murojaat qiladi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Rishton tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi F.Q. fuqaro G.Tni bog‘chaga mudir lavozimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga fuqaro N.Ndan o‘z xizmat xonasida kimyoviy ishlov berilgan ming(1000) AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Sud tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sudlanuvchiga tegishli jazo tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан