Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onalik neftchilarning mulki talon-toroj qilinmoqda
21.09.2018 05:26,  
136

2003 yil 21 oktyabrda “O‘zbekneftgaz” MXK boshqaruv strukturasini takomillashtirish bo‘yicha chiqarilgan 460-sonli qarorga asosan “Farg‘onaneft” OAJ majlislar zalida umumiy yig‘ilish o‘tkazilib “Farg‘onaneft” OAJ “Andijonneft” OAJdan mustaqil faoliyat yuritishi, faqatgina hisobot “Andijonneft” OAJga topshirilishi, bir-birining mulkiga daxl qilmasliklarini aytib “Farg‘onaneft” OAJ ishchi-xodimlaridan ikki tashkilot birlishtirilishiga roziligini olishgan.

Shundan so‘ng “Farg‘onaneft” OAJ tashkilotini Rishton NGK sexiga aylantirishdi va hozirgi kungacha faoliyat yuritib kelmoqda. Shu kundan buyon sobiq “Farg‘onaneft” balansida bo‘lgan Neftchilar klubi, sobiq ishchilar yotoqxonasi, estakada neft to‘plash markazi, Pop tumani Chodak qishlog‘idagi “Neftchi” bolalar oromgohi va uchastkalardagi ko‘plab bino inshootlari, yer maydonlari sobiq “Farg‘onaneft” aksiyadorlari bilan maslahatlashmay, umumiy yig‘ilish o‘tkazmay, hech qanday bayonnoma tuzilmay sotib yuborildi. Shuncha bino-inshootlar sotilsa ham Rishton NGK ma’muriy binosini shu kungacha biror marta ta’mirlab yoki biror-bir yangi jihoz olib berilmadi, aksincha, bu yerdagi yangi kompyuterlar, stol-stullar, faks va shunga o‘xshash kerakli jihozlarni olib ketishdi. 1955 yilda ishchilar hashar yo‘li bilan qurgan Rishton Neft-gaz koni ma’muriy binosi va mexanika sexini “Andijonneft” AJ sotib yubormoqchi.

Vazirlar Mahkamasining bo‘sh turgan binolarni xususiylashtirish bo‘yicha chiqargan qaroriga asosan, “Andijonneft” AJ rahbari tomonidan Rishton NGK ma’muriy binosi va mexanika sexi yashirin tarzda, umumiy aksiyadorlar yig‘ilishi o‘tkazmay, bo‘sh turibdi, deb ko‘rsatilgan. Vaholanki, unda 240 kishilik jamoaning kadrlar bo‘limi hujjatlari, Farg‘ona viloyatidagi 700dan ortiq neft-gaz quduqlarining geologik hujjatlari saqlanadi, texnika xavfsizligi, markaziy dispetcherlik xodimlari va ko‘plab ishchi-xodimlar kechayu kunduz Farg‘ona viloyatidagi neft-gaz qazib chiqarish ishlarini nazorat qilishadi.

Vorux, Chimyon neft tayyorlash maskanlaridagi 219 mmli neft quvurlari yillar davomida ishlashi natijasida sho‘r suv va serovodorodlar yemirib korroziyaga uchrash holatlari kuzatiladi. Yuqoridagi holatlar bo‘yicha “Andijonneft” AJ rahbariyatiga ko‘p marotaba murojaat qilinganiga qaramay bu o‘lchamdagi quvurlar yo‘qligi ro‘kach qilinadi. Biroq yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida joylashgan Shimoliy So‘x, Quvasoy, Farg‘ona yo‘nalishidagi 2+9/7 mmli b.u. (avval ishlatilgan) quvurlarning 3074,57 metrli qismi Al-Xatal firmasiga 14853 so‘mdan (QQSsiz) bozordan ko‘ra arzon narxda sotilgan, aslida bu quvurning bozor bahosi 150-200 ming so‘m turadi.

“Andijonneft” AJga Davlatov M.U. rais etib saylanganidan beri hamma ishlar va neft rejalarida pasayish kuzatilmoqda. Atrofidagi 1-2 nafar sheriklari bilan juda ko‘p narsalarni, xususan, binolar, quvurlarni asossiz sotib yubormoqda. 2018 yilning aprel va may oylarida Rishton NGK ma’muriy binosi, mexanika sexini sotishga urinishdi, lekin ishchi-xodimlar jamoasining bosh prokuraturaga yo‘llagan xatiga kelgan javobdan so‘ng sotish ishlari to‘xtagan. Hozir esa faoliyat yuritayotgan ma’muriy binoni yana sotishga harakat boshlangan. Bu ishlardan 240 kishilik jamoa ham norozi kayfiyatda. Nahotki, ushbu nohaqliklarga yordam beradigan tegishli tashkilotlar bo‘lmasa?

Korxona uskunalari

15 yildirki, Farg‘ona viloyatida qazib olingan neft va gazdan tushadigan soliqlar va ishchi-xodimlarning oylik maoshidan tushadigan daromad soliqlarini ham “Andijonneft” AJ rahbarlari o‘z viloyatiga tushirmoqda. “Ushbu soliqlar o‘z navbatida Farg‘onada qolishini xohlaymiz, chunki bizning oilalarda ham nafaqaxo‘rlar, byudjet tashkilotida ishlaydiganlar bor va shuni ma’lum qilamizki, asossiz ravishda qaror-buyruqsiz Farg‘ona Uzsanoatqurilish bankida ochilgan subschetni bank xizmatini iqtisod qilamiz degan og‘zaki maqsadda yopishmoqchi. Shuningdek, “Andijonnneft” AJga qarashli Farg‘ona viloyati Rishton tuman NGK hisobxonasida bajarib kelinayotgan oylik ish haqi ma’lumotlari, nafaqaga chiqish ma’lumotlarini ham “Andijonneft” Aj idorasidan berilishi kerak, deb ishchilarga muammo tug‘dirishmoqda. Ushbu muammolarni bizga hal qilib bering”, deya maktubiga nuqta qo‘yadi Rishton NGKning 35 nafar ishchi-xodimlari.

Bahodirxon Eliboyev

Maqola Rishton NGKning ishchi-xodimlari yozgan xati asosida tayyorlangan. Ushbu xat va qo‘yilgan imzolar nusxasi Sof.uz saytida mavjud.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан