Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Farg‘ona neft bazasi» Qo‘qon filialiga qarashli AYoQShdagi yong‘indan jabrlanganlar yo‘q — «O‘zbekneftgaz»
19.05.2021 16:57,  
72

Bugun, 19 may kuni soat taxminan 14:40 da «O‘zbekneftgaz» AJ «Farg‘ona neft bazasi» MChJ Qo‘qon filialiga qarashli Qo‘qon-2 AYoQShda davlat raqami 40 240 MAA  GAZ-53 rusumli yonilg‘ikash tomonidan Ai-80 avtobenzinini sig‘imga quyish jarayonida yong‘in sodir bo‘lgan.

«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu yonilg‘ikashdagi mavjud avtobenzin deyarli sig‘imga qo‘yib bo‘linganda chaqnash ro‘y bergan va buning natijasida GAZ-53 rusumli yonilg‘ikash yonib zarar ko‘rgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda «O‘zbekneftgaz» xodimlari hamkorligida qisqa muddatda yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Vaziyatni batafsil o‘rganish maqsadida «Ishchi guruh» tuzilib, yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Yong‘in natijasida hech bir fuqaro va ishchi-xodimlarga hamda AYoQShga zarar yetmadi, jabrlanganlar yo‘q.

Yong‘in sabablari borasida qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан