Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona shahrida ko‘p qavatli turar-joylar o‘rtasida barcha qurilishlar to‘xtatiladi
14.02.2021 10:45,  
209

 Farg‘ona shahrida ko‘p qavatli turar-joylar o‘rtasida barcha qurilishlar to‘xtatiladi, poydevor uchun qazilgan kotlovanlar ko‘miladi, bolalar hamda sport maydonchalari qayta tiklanadi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga kӯra, Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan Farg‘ona shahridagi Do‘stlik hamda Gulzor mahallalarida aholi yashash sharoitlarini o‘rganish jarayonida hududda ko‘p qavatli turar-joylar orasida yashil maydonlar hududidagi daraxtlar kesilgani,bolalar va sport maydonchalari buzilgani va o‘rniga yangi binolar qurilishi boshlanganiga guvoh bo‘lindi.

Hududda yashovchi aholi viloyat hokimi bilan muloqot chog‘ida yangi qurilayotgan binolar sababli mahallada aholi yashashi uchun noqulayliklar tug‘dirayotganini, bolalar uchun ochiq havoda o‘ynashga, kattalar va keksalar uchun sayr qilishga imkoniyat qolmaganini bildirishdi.

Viloyat hokimi, birgalikda o‘rganish olib borayotgan shahar hokimi va prokuroriga bugundan e’tiboran Farg‘ona shahrida ko‘p qavatli turar-joylar o‘rtasida olib borilayotgan barcha qurilishlarni to‘xtatish hamda bunday qurilishlarga ruxsat berish bilan bog‘liq qarorlarni bekor qilish yuzasidan topshiriq berdi. Poydevor uchun qazilgan kotlovanlar barchasi ko‘mib tashlanadi, qurilishi yakunlashish bosqichida bo‘lgan inshootlarning har birining qonuniyligi bo‘yicha shahar prokuraturasi o‘rganish olib boradi. Barcha hududlarda buzib tashlangan bolalar hamda sport maydonchalari qayta tiklanadi, qurilish egalari kesilgan har bir daraxt o‘rniga 100 tupdan manzarali daraxt ekishi ta’minlanadi. To‘xtatilgan qurilishlar o‘rniga tadbirkorlarga bino qurish uchun boshqa joydan yer maydoni taklif etiladi.

Xayrullo Bozorov, o‘rganish jarayonida shuningdek, hududdagi atrof-muhit tozaligiga e’tiborsizlikka, chiqindilarning sochilib yotganiga, turar-joylar atrofida obodonlashtirish ishlarining umuman yo‘lga qo‘yilmaganiga, binolarga birikkan holda vaqtinchalik qo‘shimcha inshootlar qurib tashlanganiga alohida tanqidiy e’tibor qaratdi. “Farg‘ona turar-joy massivlarida fayz bo‘lishi shart” degan viloyat hokimi, shahar mahallalarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha alohida manzilli dastur ishlab chiqish yuzasidan shahar hokimi Mirzohid Ubaydullayevga topshiriq berildi. 

Moturidiy ko‘chasi hududidan oqib o‘tuvchi katta ariq ustida insho etilgan ob’yektlar olib tashlanib, suv qirg‘og‘i bo‘ylab velosiped minish hamda sayr qilish uchun ekoyo‘lak tashkil etiladigan bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан