Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona sovrin jamg‘armasi 100 million so‘m bo‘lgan fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi
2.11.2019 09:37,  
207

30 oktyabr kuni Farg‘ona viloyatida Abu Rayhon Beruniy nomidagi kimyo olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadada 2018-2019 o‘quv yilida hududiy xalq ta’limi va kasb-hunar ta’limi boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan asosiy fan olimpiadasining III bosqichida g‘olib bo‘lib (1-2-3-o‘rin), hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf, akademik litseylarning 1- va 2-bosqich hamda kasb-hunar kollejlarining 3-bosqichida tahsil olayotgan 100 nafarga yaqin o‘quvchilar ishtirok etdi.

Unda 1-o‘rin Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi Mirumid Mirakbarovga, 2-o‘rin Buxoro shahridagi 35-maktab o‘quvchisi Firdavs Sobirovga, 3-o‘rin esa G‘uzor tumanidagi 68-DIMI o‘quvchisi Qobul Xayitovga nasib etdi.

G‘olib o‘quvchilar jami 56,9 mln. so‘m (o‘qituvchilari esa 43,5 mln. so‘m) pul mukofoti hamda diplom bilan taqdirlandi.

Mazkur olimpiada g‘oliblari 2020 yilda Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkaziladigan 52-xalqaro kimyo olimpiadasida (IShO-2020) ishtirok etuvchi milliy terma jamoasini shakllantirish bo‘yicha saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, ishtirokchilar orasidan eng yuqori ball to‘plagan dastlabki 20 nafari iqtidorli o‘quvchilar zaxirasiga qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан