Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Farg‘ona suv ta’minoti” MChJda talon-tarojliklar fosh etildi
4.03.2021 15:37,  
278

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining axborotiga ko‘ra, “Farg‘ona suv ta’minoti” MChJning Farg‘ona tumani bo‘limidagi talon-torojliklar fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Farg‘ona suv ta’minoti” MChJning Farg‘ona tumani bo‘limi sobiq rahbari O‘.T. va moddiy javobgar shaxslari aholidan ichimlik suvi va oqava xizmati uchun yig‘ilgan 108,5 mln so‘mlik kvitansiyalarni elektron bazaga kiritmaganligi, shuningdek 2020 yil davomida bo‘lim muhri bilan tasdiqlangan to‘lov kvitansiyalari orqali yig‘ilgan 14,8 mln so‘mni o‘zlashtirib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан