Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona tumanida “Lasetti” va “Matiz” to‘qnashdi. Qurbonlar bor
26.02.2021 13:52,  
139

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga ko‘ra: 23 fevral kuni fuqaro Q.Sh. “Lasetti-2” avtomashinasini Vodil-Farg‘ona avtomobil yo‘lining 7 km.da boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi S.I. boshqaruvidagi “Matiz” avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Natijada “Matiz” avtomashinasida uchqun chiqib yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida, avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi Q.T. ismli ayol hodisa joyida vafot etgan.

Shuningdek, “Matiz” yo‘lovchisi J.M. ismli ayol shifoxonada vafot etgan. Haydovchilar Q.Sh. va S.I.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “Lasetti-2” avtomashina haydovchisi Q.Sh. protsessual tartibda ushlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан