Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona tumanida yashovchi Valiyevlar oilasi 6 nafar yetim bolani asrab oldi
19.08.2021 20:49,  
182

Davlatimiz rahbarining joriy yil 9 avgustda qabul qilingan “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining Bolalar uylari (o‘quv-tarbiya muassasalari) Milliy gvardiyaga biriktirildi. Farg‘ona viloyatida mazkur qaror ijrosini ta’minlash ishlariga kirishildi.

Farg‘ona tumani “Cheksho‘ra” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Nabijon Valiyevlar oilasi Marg‘ilon shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyidan tegishli tartibda 6 nafargacha bolani tarbiyaga olish bo‘yicha murojaat qilgan. Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi mazkur masalani o‘rgandi. Bu oila sharoiti bilan tanishilgach, barcha talablarga javob berishi ma’lum bo‘ldi.

Oila uch yildan beri farzand asrab olish uchun tegishli idoralarga murojaat qilib, natija ololmagan. Muammoni Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shavkat Akbarov ijobiy hal qilib berdi. Hujjatlar rasmiylashtirilib, Valiyevlar oilasi Marg‘ilon shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyidan 6 nafar chin yetim bolani farzandlikka olishdi.

Bolalar oilaga berilganidan keyin Milliy gvardiya va viloyat hokimligi mas’ullari ularni o‘z holiga tashlab qo‘ygani yo‘q. Bolalardan xabar olinib, suhbatlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, ularni o‘qishlari uchun sharoitlar yaratib berishga ko‘maklashilmoqda.

Nabijon Valiyev ko‘p bolalik oilada voyaga yetgan, u tadbirkor , turmush o‘rtog‘i Ziyodaxon Valiyeva esa Farg‘ona shahridagi 4-umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimda ishlaydi. Ularning 4 nafar farzandlari endi 10 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан