Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona va Namanganda tibbiy buyumlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
28.02.2022 12:02,  
58

Sifati kafolatlanmagan dori vositalari hamda tibbiy buyumlarning mamlakatimizga qing‘ir yo‘llar bilan olib kirilishi va ularning noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari IIB xodimlari bilan hamkorlikda Oltiariq tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida fuqaro A.I. boshqaruvidagi “Isuzi” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 80 million so‘mlik 2 dona lazerli tibbiyot uskunalari borligi aniqlandi.

Shuningdek, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Namangan shahrida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida fuqaro A.D boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 44 million so‘mlik 11 000 dona tibbiyot buyumlari borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, tadbir davom ettirilib Namangan shahrida yashovchi fuqaro D.I.ning xonadoni xolislar ishtirokida kechirilganida, ushbu xonadonda umumiy qiymati 106 million so‘mlik 31 000 ming dona tibbiyot buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан