Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona viloyati byudjetidan 5 mlrd so‘m Sirdaryo viloyatiga o‘tkazildi
3.05.2020 18:58,  
191

Bugun 3 may kuni erta tongda qurilish materiallari ortilgan 47 ta katta hajmli og‘ir yuk mashinalari karvoni Farg‘onadan Sirdaryoga jo‘natilgan edi. Unda sement, shifer, qurilish oynasi, yuvilgan qum, pishgan g‘isht kabi qurilish ishlari uchun birlamchi zarur materiallar bo‘lgan. 

Kunning ikinchi yarmida esa oziq-ovqat mahsulotlari yuklangan mashinalar karvoni farg‘onaliklarning yordami sifatida Sirdaryo viloyatiga yuborildi. Shunday qilib, kecha va bugun Farg‘onadan Sirdayorga 1 mlrd 59 mln so‘mlik xayriya yordami jo‘natildi.

Farg‘ona viloyati hokimligi Axborot xizmatining xabar berishicha, xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashi mahalliy byudjet qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 5 mlrd so‘m Sirdaryo viloyatidagi tabiiy ofatni bartaraf etish jamg‘armasi hisobiga o‘tkazib berish haqida ham qaror qabul qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан