Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
24.05.2021 11:03,  
349

Farg‘ona viloyati hokimining qarori bilan Holiqov Bahodir Rahmatullayevich viloyat hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

2020 yil 20 fevraldan beri viloyat hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Saidmurod Aminjonov o‘z arizasiga asosan lavozimidan ozod etildi.

Bahodir Xoliqov 1972 yil 26 yanvarda Rishton tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1994 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Uzoq yillar davomida Soliq tizimida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan, Marg‘ilon, Quvasoy va Farg‘ona shaharlari Davlat soliq inspeksiyalari boshlig‘i bo‘lgan.

2019-2020 yillarda Quvasoy shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib faoliyat olib borgan.

Bahodir Xoliqov 2020 yildan tayinlovga qadar viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан