Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona viloyati hokimligi eksportchi tadbirkorlarga to‘sqinlik qilgani aytildi
1.08.2020 18:38,  
900

O‘zbekiston Eksportchilar uyushmasi rahbari Muxtor Umarov pandemiya sharoitida mahalliy tadbirkorlar va eksportchilar duch kelayotgan turli to‘siqlar sabab mahalliy hokimliklar vakillariga murojaat bilan chiqdi.

Murojaat matni uyushma matbuot xizmati tomonidan taqdim etildi. Unda aytilishicha, ayni kunlarda ba’zi hududlardagi tadbirkorlarga nisbatan sun’iy to‘siqlar ko‘paymoqda.

«Tadbirkorlar manfaatlari nuqtai nazaridan bu haqda batafsil ma’lum qilmoqchiman.

Ma’lumki, karantin cheklovlariga qaramay, Respublikamizning barcha hududlaridagi YPX maskanlari, blok va to‘siq postlarda «Yashil yo‘lak» dasturi amal qilmoqda.

Unga ko‘ra, tadbirkor va eksportchilar hokimiyatlar tomonidan berilgan ro‘yxat bo‘yicha yuqoridagi maskanlardan to‘siqsiz harakatlanishini kerak.

Ammo, shu kunlarda uyushmamizga juda ko‘p sonli murojaatlar kelib tushmoqdaki, bu murojaatlarning aksariyatini vodiy viloyatlaridagi tadbirkorlar yuborishmoqda.

Bu kabi e’tirozlarning aksariyatini esa YPX maskanlari, blok va to‘siq postlardagi to‘siqlar yoki huquq-tartibot organlari tomonidan tadbirkorlarning harakatlanishiga to‘siqlar qo‘yilayotgani tashkil qiladi.

Biz uyushma shtat birliklaridan kelib chiqqan holda xodimlarimizni shu kabi to‘siqlar kuzatilayotgan nuqtalarga yubormoqdamiz. O‘rganishlarda ko‘rinyaptiki, hukumat tomonidan tadbirkorlarga yengillik sifatida berilgan «Yashil yo‘lak» dasturi barcha joyda ham to‘g‘ri ishlamayapti.

Masalan, Farg‘ona viloyatida tadbirkorlarga berilgan shu kabi maxsus ruxsatnomalarni tan olmaslik haqida hokimlik qarori chiqarilgan.

Jumladan, Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari F. Qosimov tomonidan imzolangan 166/0149-sonli yig‘ilish bayoni (2020 yil 21 iyul) shu maqsadni ko‘zda tutadi. Ya’ni hokim o‘rinbosarining bu qarorida koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida mahalliy hokimliklar tomonidan tadbirkorlarga berilgan har qanday ruxsatnomalarni bekor qilish topshirilgan.

Shu qaror tufayli bugungi kunda farg‘onalik eksportchi tashkilotlar va tadbirkorlar yo‘llarda erkin harakatlana olishmayapti. Tabiiyki, bu orqali eksport hajmi ham tushib bormoqda.

Hozir pishiqchilik davri va tadbirkorlarimiz uchun ayni hosilni yig‘adigan va ichki hamda tashqi bozorga sotadigan payt.

Men hokimlarimizdan tadbirkor va eksportchilar uchun oltinga teng davrda ularning faoliyatiga to‘siq bo‘lmasliklarini so‘rayman.

Agar biz hozir tadbirkorlarni qo‘llamasak, bu respublika byudjetiga og‘ir yuk bo‘lib tushadi. Bu borada prezident Shavkat Mirziyoyevning «ham iqtisodni ham sog‘liqni baravar ushlashimiz kerak» degan so‘zlari zamirida katta ma’no mujassam ekanini eslatib o‘tmoqchiman.

Qanday qilib Adliya vazirligi tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomalar hududlarda tan olinmasligi kerak?

Bizga tinimsiz ravishda qo‘ng‘iroqlar, murojaatlar bo‘lmoqda. Iltimos, tadbirkor va eksportchilar faoliyatiga to‘siq bo‘lmang», – deyiladi Muxtor Umarovning hokimliklarga murojaatida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан