Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona viloyatida bir kunda ikki marta zilzila qayd etildi
23.12.2021 15:25,  
134

Farg‘ona viloyatida bugun, 23 dekabr kuni ikki marotaba zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyatda erta tongda soat 06:04 zilzila qayd etildi. Zilzila epimarkazi Farg‘ona viloyati Rishton tumanida, koordinatalari: 40,38 gradus shimoliy kenglik; 71,23 gradus sharqiy uzunlik.

Yerosti silkinishlarining epimarkazi Toshkentdan 196 kilometr janubi-sharqda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 3,2 ballga teng bo‘lgan.

Shuningdek, shu kuni soat 12:21 da ham zilzila qayd etildi. Zilzila episentri Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 3,1 ballga teng bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан