Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shuhrat G‘aniyev Farg‘onada bironta oila uysiz qolmasligini aytdi (foto)
6.08.2020 18:22,  
562

Bu yil Farg‘ona viloyatida 10140 ta uy qurilib, avvalo kam ta’minlangan, muhtoj, ko‘p bolali, oilasida nogironi bo‘lgan va umuman muhtojlar ta’minlanadi. Viloyat hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu raqam avvalgi yilga nisbatan ikki yarim barobarga ko‘p.

"Farg‘onada aholi zich. Shundanmi, har bir qarich yer hisob-kitobli, yoki oltinga teng. Asta sekin uy-joy mavzelari Markaziy Farg‘ona cho‘llari tomon kirib bormoqda.

Bu yilning o‘zida qumloq barxanlar, o‘zlashtirilmagan yerlarda 1400 ta yakka tartibdagi har biri olti sotix yerga ega namunali loyiha uylaridan quriladi. Bugungacha foydalanishga topshirilganlarida uy to‘ylarini nishonladilar. Oltiariq tumanining Markaziy Farg‘ona cho‘llaridagi yerlarida ham qurilish ishlari avjida" - deyiladi xabarda.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev cho‘l massivida qurilayotgan uylar, quruvchi-mutaxassislar bilan uchrashdi, ular bilan barcha masalalarda suhbatlashdi.

  • Viloyatimizdan 44 ming mehnat muhojiri Rossiyada quruvchi bo‘lib ishlagan va pandemiya tufayli qaytib ketolmagan, - deydi Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev. – Biz ularning 39 mingini viloyatdagi qurilish ob’yektlariga ishga joyladik.

Markaziy Farg‘ona cho‘llari aslida cho‘l deyilsada, inson qo‘li, idroki, davlatimiz sa’y-harakati bilan jannatmakon mavzelarga aylanmoqda. Bu yerda gaz, suv, suvoqava (kanalizatsiya) kabi infratuzilmalar mavjud.

Viloyat elektr tarmoqlari boshqarmasi o‘zining ishchi xizmatchilari uchun Markaziy Farg‘onada 50 ta yakka tartibdagi 6 sotixli uy-joylar qurilmoqda, - deydi boshqarma boshlig‘i Dilshod Jalilov. – Kasaba uyushmalari bilan kelishgan holda uyning dastlabki 10 foizli to‘lovini o‘zimiz to‘lab boramiz. Qolgan qismiga 20 yillik kredit rasmiylashtiriladi.

Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev bu yerda ham quruvchilar va bo‘lajak uy egalari bilan uchrashib suhbatlashdi.

- Farg‘ona viloyatida uysiz bironta oila qolmaydi. Maqsadimiz prezidentimiz qo‘ygan vazifani bajarib odamlar bugun baxtli yashashini ta’minlash, - dedi Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Markaziy Farg‘ona cho‘llarida bo‘lgan uchrashuvlari chog‘i.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан