Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona viloyatida «Hizb ut-Tahrir» a’zolari ushlandi
28.05.2020 17:36,  
3275

2020 yilning may oyida Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati ta’qiqlangan «Hizb ut-Tahrir» terrorchilik tashkilotini bir guruh a’zolarining jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV TEQKBB xabar qildi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ular muqaddam «Hizb ut-Tahrir» tashkilotiga a’zo bo‘lganliklari uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan bo‘lib, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy ko‘makka qaramasdan hamfikrlari bilan jinoiy til biriktirib, aholi orasida «Hizb ut-Tahrir» g‘oyalarini va adabiyotlarini tarqatish, muqaddam jazo muddatini o‘tab chiqqan “tahrirchilar”ni jinoyatga jalb qilish orqali tashkilot safini kengaytirishga qaratilgan xatti-harakarlarni sodir etishgan.

Hibsga olingan shaxslarning yashash manzillarida ekstremistik mazmundagi adabiyotlar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib olib qo‘yilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan jinoiy aloqalarini aniqlash va tergov harakatlariga jalb qilishga qaratilgan surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан