Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona viloyatiga yangi hokim tayinlandi
5.02.2021 13:50,  
636

Prezident 2020 yil sentyabr oyidan buyon Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Xayrullo Bozorov nomzodini Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga tavsiya etdi. Bu haqda O‘zA axborot agentligi xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, X.Bozorov mehnat faoliyatini 1995 yilda soliq inspektori sifatida boshlagan. 2007-2015 yillarda Namangan viloyati hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, Uchqo‘rg‘on, Chust va Mingbuloq tumanlari hokimi bo‘lib ishlagan. 2015-2020 yillarda Namangan viloyati hokimi bo‘lgan.

2020 yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан