Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona vodiysida zilzila sodir bo‘ldi
17.04.2020 12:19,  
738

O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysida joylashgan viloyatlarida 17 aprel kuni soat 9:34 da yerosti silkinishlari sezildi. Bu haqda FVVning Respublika Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.

“Gazeta.uz”ning aniqlik kiritishicha, zilzila epitsentri Namangan viloyatining Uychi tumani hududida, Namangan shahridan 7 kilometr masofada joylashgan. Epitsentrda magnituda 4 ni tashkil etgan, zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgani aytilmoqda.

Shuningdek, yerosti silkinishlari kuchi Namangan shahrida 4 ballni, Andijon shahrida (zilzila epitsentridan 57 kilometr masofada) 2 ballni, Farg‘ona shahrida (71 kilometr masofada) 2 ballni tashkil etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан