Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona vodiysidagi AGTKShlar 15 fevral soat 13.00 dan 16 fevral soat 06.00 gacha faoliyatini to‘xtatadi
15.02.2022 10:04,  
53

"O‘ztransgaz" AJ axborot xizmati ma’lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son qarorining “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari”, 7-bob 58-bandi hamda ulgurji va Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga tabiiy gaz yetkazib berish to‘g‘risida rasmiylashtirilgan ikki tomonlama shartnoma shartlaridan kelib chiqib, viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida cheklovlar joriy qilinmoqda. 

Bundan maqsad – birinchi navbatda tabiiy gaz yetkazib berilishi muhim hisoblangan aholi, shifoxona, maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti kabi ahamiyatga ega muassasalar, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yirik stansiyalarning tabiiy gaz ta’minotida barqarorligini ta’minlashdan iborat.

Hurmatli iste’molchilar, vaqtinchalik cheklov choralari havo harorati biroz ko‘tarilgunga qadar davom etadi hamda AGTKSh tez orada avvalgi tartibda ishlash rejimiga o‘tishini ma’lum qilamiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан